#30DayMapChallenge | 2-kun: Chiziqlar va uzluksiz sirtlar (Lines / Continuous) 🗺️💨
Kuz-qish mavsumida Toshkent shahrida havo ifloslanishi va harorat inversiyasi sababli PM2.5 mayda dispers zarrachalarining havoda toʻplanishi eng dolzarb ekologik masalalardan biriga aylanadi.
Bugungi chaqiruv doirasida poytaxtning barcha 12 ta maʼmuriy tumani boʻyicha yer usti monitoring stansiyalari maʼlumotlarini fazoviy tahlil qildim. Nuqtaviy koʻrsatkichlar asosida RBF (Radial Basis Function) interpolyatsiya usuli qoʻllanilib, uzluksiz ifloslanish sathi va kontur chiziqlari (isolines) modellashtirildi:
- Kun mavzusi
- 2-kun: Chiziqlar
- Dastur
- Arc gis pro, Python,
- Ma'lumot manbasi
- OpenAQ platformasi