GEOINFO.UZ — geoaxborot tizimlari bo'yicha onlayn ta'lim platformasi. Platformadan foydalanib, siz ushbu qoidalarga rozilik bildirasiz. Agar shartlarning biror qismiga rozi bo'lmasangiz, platformadan foydalanishdan saqlaning.
18 yoshga to'lmagan foydalanuvchilar platformadan ota-ona yoki qonuniy vakil roziligi bilan foydalanadi.
Kurslardan foydalanish uchun telefon raqam orqali ro'yxatdan o'tish talab qilinadi. Raqam SMS orqali tasdiqlanadi.
Foydalanuvchi majburiyatlari:
Bir hisobdan bir vaqtning o'zida eng ko'pi bilan 2 ta qurilmada foydalanish mumkin. Yangi qurilmadan kirish uchun avvalgilaridan birini hisob sozlamalarida o'chirish kerak.
Platformadagi barcha video darslar, matnlar, rasmlar va boshqa materiallar mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Ular faqat shaxsiy ta'lim maqsadida ishlatiladi.
Taqiqlanadi:
Ushbu talablar buzilgani aniqlansa, hisob ogohlantirishsiz bloklanadi va to'langan mablag' qaytarilmaydi.
Darslar ketma-ket ochiladi: keyingi darsga o'tish uchun joriy darsni tugatish kerak. Video darsda belgilangan minimal ko'rish vaqti to'lganda dars avtomatik tugatilgan hisoblanadi, matnli dars esa ochilishi bilan.
Ayrim darslar test shaklida bo'ladi. Test har safar savollar to'plamidan tasodifiy tanlanadi, o'tish uchun belgilangan foiz to'plash kerak va kunlik urinishlar soni cheklangan. Testdan o'tilmaguncha keyingi dars ochilmaydi.
Tugatilgan darsga kirish muddati davomida istalgan vaqtda qaytish mumkin.
Kurs sahifasida sertifikat berilishi ko'rsatilgan bo'lsa, barcha darslar tugatilganda sertifikat avtomatik beriladi. Sertifikatda foydalanuvchining ismi, kurs nomi, berilgan sana va noyob kod bo'ladi.
Sertifikat PDF va rasm ko'rinishida yuklab olinadi. Uning haqiqiyligini kod bo'yicha ochiladigan ommaviy sahifada har kim tekshira oladi.
Sertifikat kursni tugatganlikni tasdiqlaydi. U davlat namunasidagi hujjat emas va malaka darajasini rasman tasdiqlamaydi.
Har bir kursning kirish muddati kurs sahifasida ko'rsatiladi va u kursga yozilgan kundan boshlanadi. Ayrim kurslar muddatsiz taqdim etiladi.
Muddat tugagach kurs materiallariga kirish to'xtatiladi. Muddatni uzaytirish masalasida biz bilan bog'lanishingiz mumkin.
Hisob quyidagi hollarda bloklanadi:
Blokdan oldin, imkon qadar, ogohlantirish yuboriladi. Qo'pol buzilishlarda hisob darhol bloklanadi.
Sharh va savollar — foydalanuvchi yozadigan ommaviy matnlar. Haqorat, reklama yoki mavzuga aloqasi yo'q yozuvlar saytdan olib tashlanishi mumkin. Olib tashlangan sharh kurs bahosiga ta'sir qilmaydi.
Platforma ta'lim materiallarini «bor holicha» taqdim etadi. Kursni o'zlashtirish natijasi foydalanuvchining sa'y-harakatiga bog'liq bo'lgani uchun aniq natija (ish topish, malaka oshishi) kafolatlanmaydi.
Texnik nosozlik yoki internet uzilishi sabab yuzaga kelgan noqulayliklar uchun javobgarlik cheklanadi. Uzoq muddatli uzilish holatida kirish muddati tegishlicha uzaytiriladi.
Qoidalarga o'zgartirish kiritilishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida foydalanuvchilar oldindan xabardor qilinadi. Yangilangan sana ushbu sahifa tepasida ko'rsatiladi.
Savol va murojaatlar uchun:
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 30-avgust